YELBOʻGʻOZ KASALLIGINING ZAMONAVIY ASPEKTLARI: TURLI YOSHDAGI AYOLLARDA KASALLIKNING KLINIK, MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK KECHISH XUSUSIYATLARI
Maqola haqida umumiy ma'lumotlar
Ushbu maqolada yelboʻgʻoz kasalligi, uning klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari va re abilitatsiyasining zamonaviy usullari haqida fikr yuritilgan. Yelboʻgʻoz – bu trofoblastning (embrion hujayralaring tashqi qavati) rivojlanishi va oʻsishining buzilishi natijasida kelib chiqadigan homila tuxumining kamdan-kam uchdaydigan patologiyasidir. Yelboʻgʻoz gestatsion trofoblastik kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik chastotasi turli mamlakatlarda juda farqlanadi. Masalan, AQSHda yelboʻgʻoz juda kam uchraydi (1:1200 homiladorlikda), Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa nisbatan keng tarqalgan (1:200 homiladorlikda). Uning uchrash chastotasi yoshga bogʻliq rav ishda ortib boradi: 40 yoshdan oshgan ayollarda bu patologiya ancha koʻproq uchraydi. Patologi yaning rivojlanish sabablari hozirgi kunda aniq ma’lum emas – bir nechta nazariyalar mavjud boʻlib, bular nafaqat patologiyani diagnostika qilishni, balki uni davolash va profilaktikasini ham qiyin lashtiradi. Shunga qaramay, yelboʻgʻoz rivojlanish xavfini oshiruvchi omillarni qayd etish mumkin: bemor anamnezida yelboʻgʻozning mavjudligi: bitta holat qaytalanish xavfini 1-1,5 % ga oshiradi, ikki marta ushbu patologiya bilan kasallanganlik esa 11-25 % ga; abortlar qaytalanish xavfini 3,1 barobar oshiradi; 15 yoshdan kichik va 40 yoshdan katta yosh koʻrsatkichi xavfni 7,5 barobar oshi radi. Hayz sikli kech (17 yosh va katta) boshlangan ayollarda yelboʻgʻozning yomon sifatli shakllarin ing rivojlanish ehtimoli hayz sikli oʻz vaqtida yoki erta boshlangan bemorlarga nisbatan yuqori koʻrsatkichga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar to'g'risidagi ma'lumotlar hali kiritilmagan, noqulaylik uchun uzur so'raymiz.
, T. ., & , M. . (2026). YELBOʻGʻOZ KASALLIGINING ZAMONAVIY ASPEKTLARI: TURLI YOSHDAGI AYOLLARDA KASALLIKNING KLINIK, MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK KECHISH XUSUSIYATLARI. ALFRAGANUS, 6(4), 125–131. https://doi.org/
, Tugizova D.I.1, and Mamarizayeva N.Z.2 ,. “YELBOʻGʻOZ KASALLIGINING ZAMONAVIY ASPEKTLARI: TURLI YOSHDAGI AYOLLARDA KASALLIKNING KLINIK, MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK KECHISH XUSUSIYATLARI.” Academic Research in Educational Sciences, vol. 4, no. 6, 2026, pp. 125–131, https://doi.org/.
, . and , . 2026. YELBOʻGʻOZ KASALLIGINING ZAMONAVIY ASPEKTLARI: TURLI YOSHDAGI AYOLLARDA KASALLIKNING KLINIK, MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK KECHISH XUSUSIYATLARI. Academic Research in Educational Sciences. 4(6), pp.125–131.
English
Русский
O'zbek