Jurnal haqida
Xalqaro ilmiy tibbiy jurnal "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)" ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida 2024-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 364/5-sonli Rayosat qarori bilan guvohnoma berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 11-apreldagi 197/3-sonli qaroriga va doktorlik dissertatsiyalarining (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ixtisoslashtirilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritish talablariga asosan, CARJIS jurnali tibbiyot fanlari (terapevtik va xirurgik yo‘nalishlar) bo‘yicha VAK ekspert kengashlari tomonidan tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Tashkilotchilar va hamkorlar:
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti
Abu Ali ibn Sino nomidagi Davlat Tibbiyot Universiteti, Tojikiston Respublikasi
CARJIS jurnalida chop etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar – xalqaro ilmiy standartlarga muvofiqligi, ilmiy yangilik, amaliy ahamiyat va dolzarblik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga binoan rasmiylashtirilgan bo‘lishidir.
Ixtisosliklar (yo‘nalishlar): umumiy tibbiyot, xirurgiya, terapiya, pediatriya, stomatologiya, oftalmologiya, kardiologiya, nevrologiya, onkologiya, akusherlik va ginekologiya, tibbiy biologiya, mikrobiologiya, farmakologiya, gigiyena, epidemiologiya, tibbiy psixologiya, tibbiy informatika, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqa tegishli fanlar.
