TAJRIBA HAYVONLARIDA BRUTSELLYOZ QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA QARSHI IJOBIY STANDART POLIVALENT ZARDOBLARNI OLISH
Maqola haqida umumiy ma'lumotlar
Maqolada brutselloz infeksiyasini erta tashxislash va serologik usullarni takomillashtirish maqsadida brutselloz qo‘zg‘atuvchilariga qarshi standart polivalent zardob olish bo‘yicha olib borilgan tajribaviy tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqotda 12 ta quyon 4 guruhga bo‘linib, ularga turli immunizatsiya sxemalari asosida B. abortus 19 tirik vaksinasi va faolsizlantirilgan brutsella kulturasi suspenziyalari turli konsentratsiyalarda yuborilgan. Olingan zardoblarda umumiy oqsil, albumin, globulin, IgA, IgM va IgG miqdorlari aniqlanib, ularning immun javob shakllanishidagi o‘zgarish dinamikasi baholangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tirik, virulentligi pasaytirilgan B. abortus 19 vaksinasi bilan immunizatsiya qilinganda barqaror va davomli immun javob shakllanganligi, to‘liq bo‘lmagan Freynd ad’yuvanti qo‘llanilganda esa immunoglobulinlar darajasi yanada yuqori bo‘lganligi aniqlangan. Olingan natijalar asosida milliy standart zardob tayyorlashning ilmiy-amaliy asoslari ishlab chiqildi. Ushbu zardob brutsellozning serologik diagnostikasini standartlashtirish, diagnostikumlar sifatini nazorat qilish hamda xalqaro miqyosda solishtiriladigan natijalarni ta’minlash imkonini beradi.
1. Aitov K. A., Bobrova N. K., Borisov V. A., Burdanova T. M., Lemeshevskaya M. V. Clinical and Epidemiological Characteristics and Laboratory Diagnostics of Brucellosis in the Irkutsk Region // IX Republican Congress of Epidemiologists, Hygienists, Sanitary Physicians, and Infectologists of Uzbekistan. – T., 2010. – Pp. 16-17.
2. Belchenko V. B. Evaluation of the Rose Bengal Test in the Diagnosis of Brucellosis in Cattle in the Karaganda Region // Abstracts. All-Russian Conference of Agricultural Institutes. Omsk, 2008, p. 102.
3. Degtyarenko L., Karlova M., Kalikin I. Diagnostic efficacy of r-brucellosis antigens in bovine brucellosis // Journal: Veterinary medicine of farm animals, Moscow, 2015, No. 11, pp. 12 19.
4. Dimova A. S., Dimov S. K. Sizov A. A., Sizov D. A., Arakelyan P. K. Effectiveness of diagnosis of bovine brucellosis in a new ELISA test system // Veterinariya. – M., 2015. – No. 8. – Pp. 23-25.
5. Zheludkov M.M. Brucellosis in Russia: Modern Epidemiology and Laboratory Diagnostics: Dis. … Dr. of Medical Sciences. – M., 2009. - 263p.
6. Igamberdiyeva S.D., Akhmedova Kh. Yu. Present and Possible Prospects in the Diagnosis of Brucellosis: (Review) // Infection, Immunity and Pharmacology. Tashkent, 2011, No.4-5, pp. 95 98.
7. Kalyadin D.V., Matovich N.A., Chaus V.Yu., Klenov A.S., Vavilova O.V., Motorygin A.V., Sklyarov O.D. Comparative study of the sensitivity of serological tests in the diagnosis of brucellosis in animals. Journal: Biotics. M., 2021. - №2(39). – Pp. 40-44.
8. Nurlygayanova G., Belousov V., Varentsova A., Sharypov A., Shubina E., Sklyarov O., Chernykh O. Diagnosis of brucellosis of animals in the Russian Federation // Journal: veterinary medicine of farm animals, Moscow, 2021, No. 8. – Pp. 3-9.
9. Ruzimurodov M. A., Nematov A. S. Brucellosis as a natural focal infection in Uzbekistan. Infectious Pathology: Proceedings of the International Euro-Asian Congress on Infectious Diseases. – Vilnius, 2005.
, Y. ., & , A. . (2026). TAJRIBA HAYVONLARIDA BRUTSELLYOZ QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA QARSHI IJOBIY STANDART POLIVALENT ZARDOBLARNI OLISH. ALFRAGANUS, 6(4), 147–151. https://doi.org/
, Yusupov A.P. 1, and Ashurov T.A.2 ,. “TAJRIBA HAYVONLARIDA BRUTSELLYOZ QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA QARSHI IJOBIY STANDART POLIVALENT ZARDOBLARNI OLISH.” Academic Research in Educational Sciences, vol. 4, no. 6, 2026, pp. 147–151, https://doi.org/.
, . and , . 2026. TAJRIBA HAYVONLARIDA BRUTSELLYOZ QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA QARSHI IJOBIY STANDART POLIVALENT ZARDOBLARNI OLISH. Academic Research in Educational Sciences. 4(6), pp.147–151.
English
Русский
O'zbek