ISTЕ’MOL QILINADIGAN GIYOHVAND MODDALAR TOIFASINING BЕMORLAR SOG‘AYISHIGA TA’SIRI
General information about the article
Giyohvand moddalarga tobelikni davolash samaradorligi, remissiyaga erishish va retsidivlar chastotasini mintaqaviy darajada baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga molik.Iste’mol qilinadigan giyohvandlik vositalari toifasining tobelikdan sog‘ayish darajasiga ta’sirini baholashdan iborat.Samarqand viloyatida 2010-2024 yillarda GMT dan sog‘ayish holatlari va iste’moldagi GM toifasi haqidagi ma’lumotlar. Tadqiqotda klinik, epidemiologik, ijtimoiy-gigiyenik, laborator va statistik usullardan foydalanildi.2010-2024 yy. mobaynida, remissiya o‘rtacha 14,6% GMT patsiyentlarda qayd etilgan va dinamikada o‘sish tendensiyasiga ega. Iste’mol qilinadigan GM tarkibida opiy va geroin ulushining oshishi bilan GMT bemorlarining sog‘ayishi o‘rtasida salbiy, polinarkomaniya, ko‘knori, kannabis guruhidagi GM, sintetik va dori giyohvandlik vositalari ulushining oshishi bilan musbat korrelyativ bog‘liqlik mavjud.Tadqiqot GM iste’molining mintaqaviy o’ziga xosligini, iste’moldagi moddalar xilma-xilligi va o’zgaruvchanligini, sintetik va dori moddalar, kannabis guruhidagi vositalarning hissasi o‘sayotganligini hamda remissiya chastotasining nisbatan pastligini ko’rsatadi.Remissiya chastotasining nisbatan pastligi, patsientlarni majmuaviy davolashga qaratilgan klinik, epidemiologik va jamoat salomatligi nuqtayi nazaridan integratsiyalangan va resurslar samaradorligini oshiradigan terapevtik hamda reabilitatsion yondashuvlar qo’llanilishini taqazo etadi.
1. Ashurov Z.Sh., Xayredinova I.I., Yadgarova N.F., Lyan E.M. Polizavisimlikni shakllanish xavfi omillarining integral baholashi. Biologiya va tibbiyot muammolari 2022, №4 (137) b. 21-25.
2. Baxramov F.Sh. Toshkent shahrida narkotik moddaga bog‘liqlik tarqalishini baholash // O‘zbekiston psixiatrlari I kongressi, xalqaro ishtirok bilan. Kongress materiallari. – Toshkent, 2015. – B.
3. Zokirov A.X. Narkotik moddalarni iste'mol qiluvchi odamlarda ijtimoiy-demografik xususiyatlar. Avchi Zuhal. 2015;3:41.
4. Rizayev J.A., Umirov S.E., Kenjaeva N.K. Giyohvand moddalarga bog‘liqlik shakllanishining hududiy xususiyatlari // Biologiya va tibbiyot muammolari 1(145), b. 158-161
5. Rybakova K.V., Ilyuk R.D., Pushina V.V., Vuks A.Ya., Anuchina A.A., Krupitskiy E.M. Opiodga bog‘liqlikda ijtimoiy-demografik, klinik xususiyatlar va anozognoziya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish. Narkologiya masalalari. 2018;5:63-6.
6. Topalov K.P., Yurchenko T.Yu. Xabarovsk viloyati aholisi orasida kasallanishni o‘rganishdagi asosiy tendensiyalar va qonuniyatlar
, N. ., , J. ., , S. ., & , A. . (2026). ISTЕ’MOL QILINADIGAN GIYOHVAND MODDALAR TOIFASINING BЕMORLAR SOG‘AYISHIGA TA’SIRI. ALFRAGANUS, 6(4), 152–160. https://doi.org/
, N.Q. Kenjayeva1, et al. “ISTЕ’MOL QILINADIGAN GIYOHVAND MODDALAR TOIFASINING BЕMORLAR SOG‘AYISHIGA TA’SIRI.” Academic Research in Educational Sciences, vol. 4, no. 6, 2026, pp. 152–160, https://doi.org/.
, ., , ., , ., and , . 2026. ISTЕ’MOL QILINADIGAN GIYOHVAND MODDALAR TOIFASINING BЕMORLAR SOG‘AYISHIGA TA’SIRI. Academic Research in Educational Sciences. 4(6), pp.152–160.
English
Русский
O'zbek